🎓 Aholi bilan bevosita muloqotni davom ettirish, murojaat va takliflarni joyida o‘rganish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning navbatdagi sayyor qabuli Guliston shahridagi Prezident maktabida o‘tkazildi.
✅ Sayyor qabulda ota-onalar va pedagoglar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimiga oid murojaatlari, taklif va shikoyatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
👥 Muloqot davomida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, pedagoglar faoliyati hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal






