TGViewer
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana! @pmfergana · 1.75K subscribers
Post #23038 268
#Prezident_maktabi #Ozbek_tili_bayrami

📚 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Savodxonlik – millat ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹 Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini rivojlantirish, savodxonlik darajasini oshirish hamda davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

✍️ Tadbir doirasida o‘quvchilarning o‘zbek tili grammatikasi, imlo va nutq madaniyatiga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, pedagog va xodimlar ishtirokida ommaviy diktant tashkil etilib, savodli yozish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish hamda fikrni yozma shaklda aniq va izchil ifodalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ona tiliga ehtirom – milliy o‘zlikka hurmat ifodasidir!

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz | Web sahifamiz
More from @pmfergana
  1. Oct 17, 2026SIRDARYO VILOYATIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI 🎓 Aholi bilan bevosita muloqotni davom ettiri…
  2. Oct 17, 2026Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Sirdaryo vilo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →