🏫 Tashrif doirasida Xovos tumani ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati ko‘zdan kechirilib, ta’lim sifati va o‘quv jarayonini tashkil etish holati tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda ota-onalar va maktab o‘rtasidagi samarali muloqotni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatidagi Muhandislik maktabi faoliyati ham o‘rganildi. Muassasalarda ta’lim jarayonini takomillashtirish, pedagoglar bilan ochiq muloqot olib borish, ularning taklif va muammolarini o‘rganish hamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Tashrif davomida ta’lim muassasalarida mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini keng joriy qilish va o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim muhitini yaratish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal






