TGViewer
platformauzb_live platformauzb_live @platformauzb_live · 781 subscribers
Post #4057 10.9K
Jizzaxda “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi davom etmoqda

Avtomobil uchun ehtiyot qismlar, elektron komponentlar yoki boshqa butlovchi mahsulotlar ishlab chiqarasizmi? Bu ko‘rgazma mahsulotingizni yirik avtomobilsozlik korxonalariga bevosita taklif qilish imkonini beradi.

29–30-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada 100 dan ortiq korxona ishtirok etmoqda. Birinchi kunning o‘zida 700 dan ortiq ishtirokchi tashrif buyurdi.

📊 Avvalgi ikki ko‘rgazmada 556 turdagi mahsulot bo‘yicha 2,9 trln so‘mlik shartnomalar tuzilgan. Shuningdek, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 673 mlrd so‘mlik 76 ta kafolatli xarid shartnomasini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Jizzaxdagi ko‘rgazmada ham tadbirkorlar yirik buyurtmachilar bilan uchrashib, mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablar va hamkorlik shartlarini muhokama qilmoqda.

🤝 Ko‘rgazma bir zavodga o‘ndan ortiq tadbirkor bilan hamkorlik o‘rnatish, ilgari bitta zavodga mahsulot yetkazib bergan tadbirkorga esa boshqa korxonalarga ham chiqish imkonini beradi.
Bugun ko‘rgazmaning ikkinchi kuni. Yangi buyurtmachi va hamkor izlayotgan bo‘lsangiz, tashrif buyuring!

📍 Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi.

@platformauzb
More from @platformauzb_live
  1. Oct 7, 2026Ота-оналар учун муҳим маълумот! Энди мактабларда давоматни сунъий интеллект назорат қилади…
  2. Oct 7, 2026Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imko…
  3. Oct 5, 2026Тўғри гап. Ўзимизга умуман дахли бўлмаган масалаларга бош қотириб, куйиниб, хавотир оламиз…
  4. Oct 5, 2026Чилонзордаги трансформатор портлади Воқеа Бешқўрғондаги саноат ҳудудидаги трансформаторда…
  5. Oct 3, 2026Олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг биринчи ўринбосари Ражабов Сардор Бахтиёрович…
  6. Oct 3, 2026Президент Администрацияси ҳузурида Инсон капиталини ривожлантириш ва узлуксиз таълим страт…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →