Octobank Londonda xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Octobank 7–8-oktabr kunlari Londonda bo‘lib o‘tgan IAMTN 2026 xalqaro sammitida Gold Sponsor sifatida ishtirok etdi va Xalqaro pul o‘tkazmalari tarmoqlari assotsiatsiyasiga Platinum Member maqomida qo‘shildi.
Sammit davomida bank jamoasi 22 mamlakatdan 34 ta tashkilot vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
PayPal, Dubai Islamic Bank va Worldpay bilan amaldagi hamkorlikni rivojlantirish, Thunes, UniTeller va Belmoney bilan esa yangi pul o‘tkazmalari yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Octobank Boshqaruv raisining o‘rinbosari Sardor Shavqiyev sammitdagi ishtirok va uning ahamiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: “IAMTN 2026 Annual Summit doirasida erishilgan kelishuvlar milliy va xalqaro moliya institutlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday sammitlarda ishtirok etish bizga nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridagi hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish, xalqaro to‘lovlar tarmog‘iga integratsiyalashish hamda mijozlarimiz uchun yanada qulay va tezkor pul o‘tkazmalari yechimlarini rivojlantirish imkonini beradi.”
Yangi xalqaro aloqalar — mijozlar uchun kengroq imkoniyatlar. Octobank hamkorlik geografiyasini kengaytirib, tezkor va qulay transchegaraviy to‘lov yechimlarini rivojlantirishda davom etmoqda.
Octo-mobile | Instagram | YouTube
Telegram | Facebook | 712023333
Reklama
@platformauzb
Post #18603
7.77K
Forwarded from platformauzb_live




