TGViewer
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi @piimauz · 61.5K subscribers
Post #32807 3.35K
🏆 O‘zbekiston terma jamoasidan 13 ta medal — Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi

✅ Bugun Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev, Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Shermatov ishtirok etdi.

❗️ Yakuniy natijalarga ko‘ra, ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi jami 13 ta — 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
🥇 Oltin medal sohibiga — 12 BHM (5 280 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 50 BHM (22 000 000 so‘m);
🥈 Kumush medal sohibiga — 8 BHM (3 520 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 35 BHM (15 400 000 so‘m);
🥉Bronza medal sohibiga — 6 BHM (2 640 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 30 BHM (13 200 000 so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

➖ Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlarini ta’lim muassasalariga kiritishda o‘z fanidan maksimal ballga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, g‘oliblarning ustozi to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifaga ega bo‘ladi.

Bizni kuzating

💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal
More from @piimauz
  1. Oct 16, 2026FIZIKA, KIMYO, BIOLOGYA O'QITUCHILARI DIQQATIGA! 🔬 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar…
  2. Oct 16, 2026#diqqat_eʼlon #sayyor_qabul AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILADI 🎓 Joriy yiln…
  3. Oct 16, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Toshk…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →