TGViewer
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi @piimauz · 61.5K subscribers
Post #32806 7.93K
FIZIKA, KIMYO, BIOLOGYA O'QITUCHILARI DIQQATIGA!

🔬 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Eng yaxshi videoqo‘llanma” tanlovining navbatdagi mavsumi 2026-yil 19-oktabr kuni boshlanishini ma’lum qilamiz!

📚 Tanlovning ushbu mavsumida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan 7-, 8-, 9-, 10- va 11-sinflar uchun o‘quv dasturlari asosida laboratoriya hamda amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha videoqo‘llanmalar tayyorlanadi.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun:
➖ vt.piima.uz platformasiga maxsus login va parol orqali kirish;
➖ tegishli fan, sinf va videoqo‘llanma tayyorlanadigan mavzuni tanlash;
➖ belgilangan talablar asosida videoqo‘llanma tayyorlash va platformaga yuklash talab etiladi.

📹 Tayyorlangan videoqo‘llanmalar malakali hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida ko‘rib chiqiladi.

💰 Hakamlar hay’ati tomonidan qabul qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan har bir videoqo‘llanma uchun muallif bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1,5 barobari miqdorida rag‘batlantiriladi.

Bizni kuzating

💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal
More from @piimauz
  1. Oct 16, 2026🏆 O‘zbekiston terma jamoasidan 13 ta medal — Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpia…
  2. Oct 16, 2026#diqqat_eʼlon #sayyor_qabul AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILADI 🎓 Joriy yiln…
  3. Oct 16, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Toshk…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →