🔺 Tadbirda Toshkent shahridagi bir qator maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bevosita, hududlardagi maktab o‘quvchilari hamda 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi talabalari onlayn tarzda ishtirok etdi.
➖ Muloqot davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasining faoliyati, xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari, stipendiya dasturlari hamda ularda ishtirok etish tartib va shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅ Shuningdek, yoshlarning xorijda ta’lim olishga tayyorgarligi, buning uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, xalqaro tajriba orttirish hamda kelajakdagi kasbiy maqsadlarni belgilash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶ YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙Portal









