TGViewer
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi @piimauz · 61.6K subscribers
Post #32788 4.55K

Forwarded from Saida Mirziyoyeva

Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordik.

Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bunday ilg‘or amaliyot o‘zaro hamkorlik uchun keng yo‘l ochadi. Tashrif davomida ta’lim maskanlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib oldik.

Ta’lim sohasi — O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi doʻstona munosabatlarning muhim qirralaridan biridir. Mazkur yo‘nalishdagi hamkorligimiz yoshlarning o‘qib-o‘rganishi, dunyoqarashi o‘sishi hamda bir-birini yanada yaqindan tanishiga xizmat qiladi.

—

В Стамбуле вместе с Неджмеддином Билалом Эрдоганом посетила университет Ибн Халдуна и школу Yenidogu.

Было интересно познакомиться с их образовательными подходами. Здесь уделяют внимание качеству знаний, развитию способностей молодых людей и формированию самостоятельного мышления.

Этот опыт открывает возможности для совместной работы. Во время визита договорились расширять сотрудничество между нашими учебными заведениями, обмениваться опытом и создавать новые возможности для школьников, студентов и преподавателей.

Образование — важная часть близких отношений между Узбекистаном и Турцией. Наше сотрудничество в этой сфере помогает молодым людям учиться, развиваться и лучше узнавать друг друга.
More from @piimauz
  1. Oct 15, 2026🎓 ABU ALI IBN SINO MAKTABI O‘QUVCHISIDAN IELTS 8.0! Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslash…
  2. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri E…
  3. Oct 14, 2026Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari Yaponiyada xalqaro almashinuv dasturida ishtirok e…
  4. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  5. Oct 14, 2026📣 HURMATLI FIZIKA, KIMYO VA BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARI! 🔬 Laboratoriya va amaliy mash…
  6. Oct 14, 2026"FIPhO 2026" olimpiadasining nazariy bosqichi bo'lib o'tmoqda. ⚡️Al-Fargʻoniy nomidagi Xal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →