🔬 Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, dars jarayonlarini yanada ko‘rgazmali va qiziqarli o‘tkazish maqsadida 7-, 8-sinflar uchun fizika, kimyo va biologiya fanlaridan tayyorlangan videoqo‘llanmalardan foydalanish imkoniyati yaratildi!
📚 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan va malakali hakamlar hay’ati tomonidan foydalanishga tavsiya etilgan videoqo‘llanmalar vt.piima.uz platformasiga joylashtirildi.
📌 Videoqo‘llanmalarda:
➖ tajribalarni bajarish bosqichlari;
➖ laboratoriya jihozlaridan foydalanish tartibi;
➖ natijalarni tahlil qilish usullari;
➖ xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar yoritilgan.
🎓 Mazkur videoqo‘llanmalar o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha metodik manba, o‘quvchilar uchun esa nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
🤝 Hurmatli ustozlar! Sizlarni dars jarayonlarida videoqo‘llanmalardan keng foydalanishga chorlaymiz!
Videoqo‘llanmalar bilan tanishish:
🌐https://vt.piima.uz
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal
