🇯🇵 Ayni kunlarda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 6 nafar o‘quvchisi bir oylik xalqaro almashinuv dasturi doirasida Yaponiyaning Hiroshima shahridagi Hiroshima Global Academy (HiGA) maktabida tahsil olmoqda.
🗣 Mazkur dastur o‘quvchilarga xalqaro ta’lim tajribasini o‘zlashtirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, yapon madaniyati bilan yaqindan tanishish hamda xorijiy ta’lim muhitida o‘z salohiyatini sinab ko‘rish imkonini bermoqda.
🔅Bunday xalqaro almashinuv dasturlari yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, mamlakatlar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, do‘stona aloqalarni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal




