Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak
Bugun “FIRST Global Challenge — 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi g‘oliblari va ularning murabbiylariga Prezidentimiz Farmoniga muvofiq davlat mukofotlarini topshirdik. Koreya Respublikasining Inchxon shahrida 190 mamlakat vakillari qatnashgan musobaqada jamoamiz g‘olib alyans tarkibida oltin medalni qo‘lga kiritib, eng ko‘p ball to‘plagani uchun xalqaro mukofotga ham sazovor bo‘ldi.
Farzandlarimiz olgan bilimini amalda qo‘llashi va o‘z g‘oyasini sinab ko‘rishi uchun sharoit yaratishimiz kerak. Har bir hududda robototexnika va muhandislikka qiziqqan bolalarning iqtidorini erta payqab, izlanishlariga ko‘maklashishimiz zarur. Ularning kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan hamda insonlar hayotini yengillashtiradigan texnologiyalar yaratishiga ishonaman.
Post #32773
2.31K
Forwarded from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿