TGViewer
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi @piimauz · 61.7K subscribers
Post #32761 9.09K
🇺🇿 O‘zbekiston yosh muhandislari — FIRST Global Challenge 2026 mutlaq chempionlari!

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida qariyb 200 ta davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan "FIRST Global Challenge 2026" xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijaga erishdi!

🥇 Terma jamoamiz 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi. Yosh muhandislarimiz 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball to‘pladi va musobaqa rekordini qayd etdi.

➖ Quvonarlisi, terma jamoa a’zolaridan biri — Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturi ishtirokchisi hisoblanadi. U mamlakatimiz yoshlarining yuksak salohiyati va erishayotgan muvaffaqiyatlari e’tirofi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

🟡 Mazkur g‘alaba yoshlarimizning ilm-fan, robototexnika va muhandislik sohalaridagi salohiyatini, shuningdek, O‘zbekistonda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlar samaralarini yana bir bor namoyon etadi.

👏 Umarbekni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etamiz! Kelgusida ham yangi yutuqlar va ulkan marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

Bizni kuzating

💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal
More from @piimauz
  1. Oct 14, 2026🦅 NAVBATDAGI MUVAFFAQIYAT: HUSNORADAN IELTS 8.0! 🎓 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi…
  2. Oct 13, 2026Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak Bugun “FIRST Global Chal…
  3. Oct 13, 2026“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi Ja…
  4. Oct 13, 2026O‘ZBEKISTONDA ILK BOR — “SILK ROAD UNIVERSITY FAIR” XALQARO TA’LIM FORUMI! Ixtisoslashtiri…
  5. Oct 13, 2026«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI 🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘…
  6. Oct 13, 2026Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli universitetlari vak…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →