TGViewer
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi @piimauz · 61.8K subscribers
Post #32763 3.72K

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi va 637 ball bilan musobaqa rekordini oʻrnatdi.

Ushbu natija bilan vakillarimiz qariyb 190 mamlakat yoshlarini birlashtirgan nufuzli musobaqada mamlakatimizning ilm-fan, muhandislik va texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi va shu kuni “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevlar ishtirok etib, musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdilar.

Erkinjon Turdimov oʻz nutqida yoshlarning ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/232423


❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
More from @piimauz
  1. Oct 13, 2026Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak Bugun “FIRST Global Chal…
  2. Oct 13, 2026O‘ZBEKISTONDA ILK BOR — “SILK ROAD UNIVERSITY FAIR” XALQARO TA’LIM FORUMI! Ixtisoslashtiri…
  3. Oct 13, 2026🇺🇿 O‘zbekiston yosh muhandislari — FIRST Global Challenge 2026 mutlaq chempionlari! Janu…
  4. Oct 13, 2026«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI 🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘…
  5. Oct 13, 2026Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli universitetlari vak…
  6. Oct 13, 2026FIPhO 2026: Olimpiadaning amaliy bosqichi yakunlandi! 🌍Mazkur bosqichda ishtirokchilar o‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →