TGViewer
Panda Books Panda Books @panda_books · 5.11K subscribers
Post #7743 399
​​Bir maqola uchun surgun — va umrbod muhabbat: Oksfordni bitirgan Javad Shokir qanday qilib «Halikarnas baliqchisi»ga aylandi?

1973-yil 13-oktabrda Izmirda turk nasrining eng oʻziga xos ovozlaridan biri — Javad Shokir Kabaagʻachli vafot etgan. Kitobxonlar uni ism-sharifi bilan emas, «Halikarnas Baligʻchisi» («Halikarnas baliqchisi») taxallusi bilan taniydi. Ertaga uning vafotiga 53 yil toʻladi. Türkiye Madaniyat va turizm vazirligi saytidagi tarjimai holi uning hayotini taqdir burilishlariga boy hikoya sifatida koʻrsatadi.
Musa Javad Shokir 1890-yil 17-aprelda Kritda tugʻilgan. Otasi Mehmet Shokir posho Bosh vazir Mushir Ahmad poshoning ukasi edi. Bolaligi Afinada, keyin Istanbulning Buyukada orolida oʻtgan, u yerda xususiy ingliz tili darslari olgan. 1904-yilda Istanbuldagi «Robert kolleji»ni, 1908-yilda esa Oksford universitetining Yangi tarix boʻlimini tamomlagan.

Hayotining burilish nuqtasi 1925-yil bahoriga toʻgʻri keladi. U «Resimli Hafta» («Rasmli hafta») jurnalida «Husayn Kenan» taxallusi bilan bir maqola eʼlon qiladi (3-aprel). Bu yozuv tergovga sabab boʻladi: hukumat uni xalqni harbiy xizmatga qarshi qoʻyishda va safarbarlikka qarshi chiqishda ayblaydi. 1925-yil 24-aprelda u jurnal egasi Zakariyo Sertel bilan birga hibsga olinadi. Sertel Sinopga surgun qilinadi, Javad Shokir esa — Egey dengizi boʻyidagi oʻsha paytlar unutilgan kichik baliqchilar qishlogʻi Bodrumga. Vazirlik maʼlumotida u uch yilga surgun qilingani, biroq bir yarim yildan keyin afv etilgani aytiladi.

Jazo sifatida tanlangan joy uning hayotiy makoniga aylandi. Ozod boʻlgach, u avval Bodrumda, soʻng Izmirda yashadi; gid, rassom va yozuvchi boʻlib kun koʻrdi, Bodrumning ellinistik davrga oid sanʼat asarlarini jamoatchilikka tanitishga katta hissa qoʻshdi. Taxallusi ham shu yerdan: Halikarnas — Bodrumning antik nomi. Surgun yillari haqidagi xotiralarini u 1961-yilda «Mavi Sürgün» («Moviy surgun») kitobida yozdi.

Uning ijodi deyarli butunlay dengizga bagʻishlangan: «Ege Kıyılarından» («Egey sohillaridan», 1939), «Merhaba Akdeniz» («Salom, Oʻrta yer dengizi», 1947), «Ege’nin Dibi» («Egey tubi», 1952), «Yaşasın Deniz» («Yashasin dengiz», 1954) hikoya toʻplamlari, «Aganta Burina Burinata» (1956), «Uluç Reis» (1962), «Turgut Reis» (1966), «Deniz Gurbetçileri» («Dengiz musofirlari», 1969) va «Ötelerin Çocuğu» («Narigi dunyolar bolasi», 1969) romanlari. U «Anadolu Efsaneleri» («Anadoʻlu afsonalari», 1954) va «Anadolu Tanrıları» («Anadoʻlu xudolari», 1955) kabi mifologik kitoblar ham yozgan.

Uning toʻla asarlarini adib hayotligida «maʼnaviy oʻgʻlim» deb atagan Shodon Gokovali nashrga tayyorlagan. Bugun Bodrum dunyo sayyohlari oqib keladigan kurort — va bu shuhratning boshida bir maqola uchun surgun qilingan, ammo jazo joyini sevib qolgan yozuvchi turadi.

@panda_books
More from @panda_books
  1. Oct 13, 2026I'm hoping that somebody pray for me I'm praying that somebody hope for me @panda_books
  2. Oct 11, 2026Doʻstlar, kitob javonimizni tezroq sotish va bundan asl maqsadi - kitoblarni joylashtirish…
  3. Oct 11, 2026#news Nobel effekti: Kanadada Enn Karson kitoblari savdosi bir kunda 10 ming foizdan oshdi…
  4. Oct 11, 2026photo post
  5. Oct 11, 2026#historyofOneBook Besh haftada yozilgan qaygʻu romani: Enn Rays «Vampir bilan suhbat»ni qi…
  6. Oct 11, 2026#newbook #yangikitob Sarmoya Booksdan bir-biridan goʻzal va ajoyib kitoblar keldi. Juda xu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →