Nimanidir o‘ylab topish jarayonimiz xuddi o‘rta asrlardagiga, masalan, fokuschining shlyapa bilan sahna chiqishiga o‘xshab tuyuladi. Men bu gapim bilan nima demoqchiman?
Kreativ direktor brifni shlyapaning ichiga tiqqandek, kreativchilarga yuboradi va har ikki kunning birida nima bo‘layotganini tekshirib ko‘radi. Qo‘lini tiqib ko‘radi — boshqa narsa chiqyapti, ikki kundan keyin takrorlaydi, yana shunday. O‘ziga yoqqan, ko‘ngli to‘lgan natija chiqmagunicha yoki "jin ursin, palakat, ertaga taqdimot-ku" darajasiga yetmaguncha bir necha hafta shu tarzda davom etadi.
Shuning uchun ham biz o‘ylab topa oladiganlar, kashf qila oladiganlarni, kimdadir bu o‘z-o‘zidan paydo bo‘lsa, ularni ayniqsa qadrlaymiz va junior'larga nimadir o‘rgatishni yoqtirmaymiz. Yoqtirmaymizmi yoki aslida buni uddalay olmaymizmi?
Tasavvur qiling, zavodga allaqachon detallarni o‘tkirlay oladiganlarni, shifoxonaga o‘zi mustaqil jarrohlik qila oladiganlarni ishga olishyapti. Lekin tizim bunday ishlamaydi-da, u sohalarda aniq, tushunarli algoritmlar bor va shu bo‘yicha o‘qitishadi, tarbiyalashadi.
Nega bizda haliyam kreativni ishlab chiqish uchun yozilgan algoritmlar yo‘q? Nega biz haliyam g‘oyalarni "vjuh, vualya" qilib shlyapaning ichidan shunchaki sug‘urib olyapmiz va u bizga yoqyaptimi, yo‘qmi, faqat shu bo‘yicha xulosa qilyapmiz.
Method — bu sizda g‘oya aniq paydo bo‘lishi uchun nimalar qilish kerakligi, harakatla ketma-ketligi tizimidir. Eng asosiysi, bu shunchaki takrorlab, har kun sayqallab, o‘tkirlab borish mumkin bo‘lgan, o‘rgansa, o‘rgatsa bo‘ladigan harakatlar ketma-ketligi.
@addtoyourhead
Post #6
623
Forwarded from Sobitov Akhmad
- 👍 2
- ❤ 1
- ⚡ 1