Dizaynerlar ko‘pincha hamma narsani ideal holga keltirib keyin topshirishni xohlashadi. Aslida bizga ideal mahsulot emas, tez-tez sinab ko‘riladigan, iteratsiya qilinadigan yechimlar kerak.
Mahsulot menejeri sifatida sizning vazifangiz — ulardan foydalanuvchiga chiqishi mumkin bo‘lgan, xatolarsiz ishlaydigan, lekin ideal bo‘lmagan mahsulotni tezda olish va real muhitda sinab ko‘rish.
Bu gap o‘sha paytda menga yoqmagan. Ammo vaqt o‘tib angladim, tez ishga tushirish, bu tez o‘rganish, tez qoqilish, tez o‘zgarish.
Chaqaloq avval yurishni o‘rganib keyin yurmaydi. U “qanday yurishni bilmayman” demaydi. Shunchaki birinchi qadamni qo‘yadi va shundan keyingina yurishni o‘rganadi.
Boshlash uchun mukammal tayyorgarlik shart emas. Dastlabki qadamning o‘zi mukammallikka yo‘l ochadi. Beshta kursni tugatib, uchta kitob o‘qib, mashhur odam seminarida qatnashishni kutish, faqat vaqtni bekorga sarflashga sabab bo’ladi.
@nodizayn