Tibbiyot olimlarining aniqlashisha miya tekstdan ko'ra rasmli ma'lumotni ko'proq xush ko'radi. Deylik sizga biror bir instruksiyani o'qib chiqish topshirilsa va agar u faqat tekstdan iborat bo'lsa, siz maksimal holatda 70% ma'lumotnigina o'zlashtira olasiz. Agar unga grafik elementlar yoki rasm qo'shilsa o'zlashtirish darajasi 95% gacha oshishi mumkin ekan.
Qayerdadir o'qigandim miya tekstlarni rasm holatida eslab qolar ekan. Deylik siz 2 yil oldin o'qigan kitobingizdagi tekstlarni emas, faqatgina o'qib miyangiz yaratgan syujetlarni eslab qolasiz. Kitobni o'qiganingizda uni miyangiz rasm holatiga keltirib eslab qoladi, bu miyaga anchagina qulay, aytganimizdek miyamiz rasmlarni ko'proq yoqtiradi. Shuning uchun ham yoqtirgan kitobingiz asosida uning kinosini ishlashganda sizga unchalik ham ma'qul kelmaydi, chunki miyangiz uni boshqacha tasavvur qilgan edi.
Dizaynerman buni qanaqadir chiroyli qilib bersam yetarli degan fikrdan voz kechish kerak. Chunki siz oddiygina prezentasiya qilganingizda uni shunchaki chiroyli ko'rinishi uchun qilmayabsiz, siz dizayn orqali odamlarga ma'lumotlarni to'g'ri yetkazishga ko'maklashmoqdasiz. Biznesning sizga talabi ham o'zidagi ma'lumotlarni mijozlariga tezroq va aniqroq yetkazib berish. Qiladigan ishimizning ma'nosi ham shu aslida.
@pamilchoy
Post #5
1.03K
- 👍 5