Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари,
сиёсий фанлар доктори
Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75
Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/
Post #5542
705
Shavkat Mirziyoyev_press-service O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni Prez…
#munosabat
O‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq. Farzandni ardoqlash, uning boshini silash, ko‘nglini avaylash, ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Xonadonlarimiz fayzi — bolalar kulgusi, mahallalarimiz ko‘rki — beg‘ubor bolalik, kelajagimiz umidi esa farzandlarimizdir.
Ammo bolani sevishning o‘zi kifoya emas. Uni har qanday zo‘ravonlikdan asrash, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, xavfsiz muhitda voyaga yetishini ta’minlash ham barchamizning burchimizdir. Zero, bolalik — inson umrining eng nozik, eng mas’uliyatli davri. Bu davrda ko‘rilgan mehr uning qalbida ishonchni, zo‘ravonlik esa bir umrga tatishi mumkin bo‘lgan jarohatni qoldiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning xavfsizligi va manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
Bu huquqiy o‘zgarishlar bizga bir haqiqatni yana bir bor anglatadi: bolani himoya qilish faqat ota-onaning yoki tegishli tashkilotlarning vazifasi emas. Bu — butun jamiyatning mas’uliyati. Oilada, ta’lim muassasasida, mahallada va jamoat joylarida har bir bola o‘zini xavfsiz his qilishi, fikrini erkin ifoda etishi, mehr va hurmat ko‘rib ulg‘ayishi lozim.
Bolajon xalq ekanmiz, bolalarni nafaqat sevishimiz, balki ularning huquqlarini himoya qilishni ham bilishimiz kerak. Chunki bolani asrash — millat kelajagini asrash, uning qalbiga mehr ekish esa ertangi jamiyatga ezgulik urug‘ini qadashdir.
Bolaga ozor yetkazmaslik — insoniylik, uni zo‘ravonlikdan himoya qilish — mas’uliyat, sog‘lom va baxtli ulg‘ayishi uchun sharoit yaratish esa kelajak oldidagi burchimizdir.
Zero, bolalik himoyada bo‘lgan yurtda kelajak ham ishonchli bo‘ladi.
Otabek Hasanov,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari.

- 👍 9
- ❤ 3
- 🔥 1