TGViewer
Channel Public Channel
MARKAZ XABARLARI

MARKAZ XABARLARI

@manaviyat_markaz

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: http://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Subscribers
3.25K
Photos
26.8K
Videos
5.8K
Links
12.9K
Recent Posts 13 shown
Post #37450 207
#munosabat

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish — insoniylik va adolatning yuksak ifodasi


O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni mamlakatimizda bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


Zero, bola — millati, dini, tili, irqi, kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, e’zozga, mehr-muhabbatga, g‘amxo‘rlikka va himoyaga munosib bo‘lgan bebaho insondir. Yer yuzidagi barcha bolalarga o‘z farzandimizdek munosabatda bo‘lishimiz, ularning qalbini asrashimiz, huquq va erkinliklarini himoya qilishimiz, or-nomusi va qadr-qimmatini e’zozlashimiz barchamizning insoniylik burchimizdir.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • 👏 1
Post #37449 239
#matbuotda_biz

Bugun Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda zamonaviy texnologiyalarni milliy qadriyatlarga qarshi qoʻymaslik, aksincha, ularni oʻzaro uygʻunlashtirish talab etiladi. Sunʼiy intellekt maʼlumot bersa, inson unga maʼno va ishonch baxsh etadi. Texnologiya hayotni tezlashtirishi mumkin, ammo qanday kelajak qurilishini insonning aqli va maʼnaviyati belgilaydi. Shu bois, maʼrifat fidoyilarining bugungi eng katta vazifasi texnologiyalar asrida Vatanga sadoqat tuygʻusini kuchaytirish, inson qadrini yuksaltirish va ezgulik gʻoyalarini koʻpaytirishdir.


“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026 yil 15 oktyabr kungi sonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi masʼul xodimi Sabohat JUMANIYOZOVAning “AQL VA QALB DAXLSIZLIGI” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • 👍 4
  • ❤ 1
Post #37448 497
#munosabat

O‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq. Farzandni ardoqlash, uning boshini silash, ko‘nglini avaylash, ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Xonadonlarimiz fayzi — bolalar kulgusi, mahallalarimiz ko‘rki — beg‘ubor bolalik, kelajagimiz umidi esa farzandlarimizdir.

Ammo bolani sevishning o‘zi kifoya emas. Uni har qanday zo‘ravonlikdan asrash, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, xavfsiz muhitda voyaga yetishini ta’minlash ham barchamizning burchimizdir. Zero, bolalik — inson umrining eng nozik, eng mas’uliyatli davri. Bu davrda ko‘rilgan mehr uning qalbida ishonchni, zo‘ravonlik esa bir umrga tatishi mumkin bo‘lgan jarohatni qoldiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning xavfsizligi va manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Bu huquqiy o‘zgarishlar bizga bir haqiqatni yana bir bor anglatadi: bolani himoya qilish faqat ota-onaning yoki tegishli tashkilotlarning vazifasi emas. Bu — butun jamiyatning mas’uliyati. Oilada, ta’lim muassasasida, mahallada va jamoat joylarida har bir bola o‘zini xavfsiz his qilishi, fikrini erkin ifoda etishi, mehr va hurmat ko‘rib ulg‘ayishi lozim.

Bolajon xalq ekanmiz, bolalarni nafaqat sevishimiz, balki ularning huquqlarini himoya qilishni ham bilishimiz kerak. Chunki bolani asrash — millat kelajagini asrash, uning qalbiga mehr ekish esa ertangi jamiyatga ezgulik urug‘ini qadashdir.

Bolaga ozor yetkazmaslik — insoniylik, uni zo‘ravonlikdan himoya qilish — mas’uliyat, sog‘lom va baxtli ulg‘ayishi uchun sharoit yaratish esa kelajak oldidagi burchimizdir.

Zero, bolalik himoyada bo‘lgan yurtda kelajak ham ishonchli bo‘ladi.

Otabek Hasanov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • 👍 5
  • ❤ 3
  • 👏 3
Post #37445 456
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan Yosh avlodni milliy tarbiya va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, Milliy tarbiya modeli dasturi loyihasini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida Vatanga sadoqat, milliy gʻurur va oʻzlikni anglash, halollik, masʼuliyat, intizom, mehnatsevarlik, vaqtni qadrlash, oilaparvarlik, bagʻrikenglik, kitobxonlik, ilmga qiziqish, tabiat va jamoat mulkiga ehtiyotkorlik, mustaqil fikrlash tarbiya tizimining qadriyatlari boʻlishiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.


Yigʻilishda Taʼlim va ilm fan vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarining milliy tarbiya tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflari koʻrib chiqildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #37441 893
Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordi

“Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”, – deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.


Tashrif davomida ta’lim maskanlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • ❤ 2
  • 🥰 2
  • 🔥 1
Post #37440 237
#munosabat

Bola qalbi — oppoq sahifa. Unga birinchi bo‘lib nima yozilsa, umr bo‘yi o‘chmaydigan iz bo‘lib qoladi. Mehr yozilsa — ishonch ulg‘ayadi, ezgulik yozilsa — insoniylik kamol topadi. Zo‘ravonlik yozilsa-chi? U holda yillar o‘tsa ham bitmaydigan yara qoladi.

Xalqimiz azal-azaldan farzandni ko‘zining oqu qorasidek asrab kelgan. Biroq zamon shuni ko‘rsatmoqdaki, mehrning o‘zi yetarli emas. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bolalikning daxlsizligini davlat kafolati darajasiga ko‘tardi.

Qonun bejiz xalqaro majburiyatlar bilan hamohang qabul qilinmadi. O‘zbekistonning “Bogota chaqiruvi” va Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish global alyansiga qo‘shilgani bolalar himoyasi masalasida biz jahon hamjamiyati bilan bir safda turganimizni ko‘rsatadi. Bu yo‘l — butun insoniyat bosib o‘tayotgan yo‘l. Shvetsiya hali 1979-yildayoq bolaga har qanday jismoniy jazoni taqiqlagan dunyodagi birinchi davlat bo‘lgan bo‘lsa, bugun bu tamoyilni qonun bilan mustahkamlagan davlatlar soni oltmishdan oshdi. Islandiyada tug‘ilgan “Barnahus” — “Bolalar uyi” modeli esa zo‘ravonlikdan jabrlangan bola bilan barcha mutaxassislar bir joyda, uni qayta-qayta og‘riqli xotiralarga qaytarmasdan ishlashini ta’minlab, ko‘plab mamlakatlarda o‘zini oqladi.


Yangi qonunimizda ham ana shu insonparvar ruh yaqqol sezilib turibdi: jabrlangan bolaga davlat hisobidan advokat va yuridik yordam beriladi, so‘roq vasiylik va homiylik organi vakili ishtirokida o‘tkaziladi, bolani aybdor bilan yuzma-yuz qilish esa qat’iy cheklanadi. Bu — bolaning qadr-qimmatini jarayonning markaziga qo‘yish demakdir.

Shu bilan birga, hech bir qonun yolg‘iz o‘zi mo‘‘jiza yaratmaydi. Uni hayotga tatbiq etadigan kuch — jamiyatning ongi, oilaning madaniyati, mahallaning hushyorligi, har birimizning befarq emasligimizdir. Zo‘ravonlikka ko‘z yumgan har bir sukut — unga berilgan jimgina rozilikdir.

Biz bolalarimizga qasr qurib bermasak ham bo‘ladi, ammo ularga xavfsiz bolalik hadya etishga majburmiz. Chunki dunyoga qo‘rquv bilan emas, ishonch bilan qaragan bola kelajakni ham ishonch bilan quradi.

Bolalik himoyalangan yurtning kelajagi — munavvar, ertasi — omonatga sodiq qo‘llarda bo‘ladi.

Ahror Saidov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot-tahliliy faoliyat va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i


Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • 👍 7
  • 🔥 7
  • 👏 6
  • ❤ 1
Post #37439 269
#matbuotda_biz

Bu yerda bilim berish bilan birga tarbiyaning, shaxsiy kamolotning, masʼuliyat hamda qadriyatning uzviyligi masalasi ham bor. Yaʼni endi uzluksiz taʼlim va uzluksiz tarbiya muvofiqlashtirilishi kerak. Chunki taʼlim insonning nimani bilishini anglatsa, tarbiya u qanday inson boʻlishi kerak degan savolga javob beradi. Aslida, bu masala xalqimiz, milliy taʼlimimiz uchun yangilik emas. Sharqda azaldan taʼlim va tarbiya bir-biridan ajratilmagan holda boʻlgan.


“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026 yil 15 oktyabr kungi sonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Shahlo AHROROVAning “INSON KAMOLOTINI BIRLASHTIRUVCHI YAXLIT TIZIM” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • 👍 4
  • 🕊 2
  • 👏 1
Post #37438 600
Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanishi kerak.

Zo‘ravonlik faqat jismoniy zarar yetkazish bilan cheklanmaydi. Tahdid qilish, kamsitish, haqoratlash, qo‘rqitish yoki bolaning zarur ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish ham uning hayoti va rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Bugun, 14-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish hamda tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #37437 819
Prezidentimiz amaliy tashrif bilan Bokuga keldi.
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #37436 467
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #37435 2.61K
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
  • 👍 4
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 🥰 1
Post #37429 365
#tashqi_targ'ibot
#hududlarda
#Samarqand

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyatida ona tilimizning nufuzi va ahamiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat ko‘chalari va tashqi targ‘ibot vositalarida o‘zbek tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarni e’zozlash hamda davlat tiliga hurmat ruhidagi shiorlar joylashtirilmoqda.


Ushbu targ‘ibot ishlari orqali aholining ona tiliga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash va til madaniyatini yuksaltirish maqsad qilingan.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @manaviyat_markaz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for MARKAZ XABARLARI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does MARKAZ XABARLARI have?
MARKAZ XABARLARI (@manaviyat_markaz) has 3.25K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does MARKAZ XABARLARI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →