Quloqchin “naushnik”mi?
Eshitgan boʻlsangiz kerak, turli shoular, koʻrsatuv va eshittirishlarda “naushnik” maʼnosida quloqchin soʻzi ishlatiladi. Menimcha, qachondir kimdir shunday oʻzbekchalashtirgan-u, soʻng shu variant urfga kirib ketgan. Baʼzida quloqlik soʻzi ham qoʻllanadi. Xoʻsh, shunday atash toʻgʻrimi?
Izohli lugʻatga koʻra, quloqchin tushirib qoʻyiladigan quloqlari bor issiq telpak. Quloqlik esa telpak va qalpoqlarning ana shunaqa quloq-yopqichlariga ketadigan yetarli miqdordagi material.
Unda naushnikni nima deb atash mumkin? Shaxsiy fikrim shu: agar odamlar quloqchin yoki quloqlikni naushnikka nisbatan ishlatayotgan boʻlsa va bu tilga singsa, koʻproq qoʻllanayotganini qabul qilish va lugʻatlarga, isteʼmolga kiritish kerak.
Yoʻq, bu ikkovi ham boʻlmaydi, deyilsa, karnaycha deyish mumkin.
Siz nima deysiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #974
2.32K

- 👍 4