Jangu jadalmi yo jangi jadal?
Men soʻz qoʻllashi va tahririni jiddiy hurmat qiladigan yozuvchi va muharrirlar orasida jangu jadal soʻzini jangi jadal tarzida ishlatadiganlar bor. Ularning dalili kuchli: jadal soʻzi oʻzbekchada tez, shoshilinch degan maʼnoni bildiradi, bundan kelib chiqilsa, shiddatli jang maʼnosida jangi jadal boʻladi, jangu jadal emas.
Lekin men jangu jadal ham xato emas deb hisoblayman. Dalilim bor.
Jadal soʻzi kurash, tortishish maʼnolariga ham ega, jangu jadal esa jang va kurashlar maʼnosida. Garchi jadal soʻzi bugungi tilda faqat tez, shoshilinch maʼnosida ishlatilayotgan boʻlsa-da, jangu jadal iborasi tarkibida asliyatdagi maʼnosini saqlab qola olgan.
📌 Demak,
Jang-jadal ✅
Jangu jadal ✅
Jangi jadal ✅
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #964
2.87K

- 👍 3