TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #870 43.4K
​Ismlar imlosi: ruxmi yoki ruh?

Tarkibida rux soʻzi bor ismlar eng koʻp xato yoziladigan ismlardan.

Shohrux, Farrux, Gulrux kabi ismlarda rux oʻrniga ruh deb yozilishining eng asosiy sabablaridan biri shu ismlar tarkibidagi rux soʻzi hozirgi oʻzbek tilida deyarli ishlatilmasligidir. U fors tilidan kirgan boʻlib, asliyatda yuz, bet va yonoq maʼnolari bildiradi. Eski oʻzbek tilida kishining yuzi maʼnosi qoʻllangan:

Lablaring ostidagi xolingdin aylansun quling,
Loladek gul-gul ruxi olingdin aylansun quling.

Furqat.

Yuqoridagi baytda qoʻllangan ruxi ol qizil yuz maʼnosini bildiradi.

Rux soʻzining omonimlari esa bugungi tilimizda ozmi-koʻpmi isteʼmolda:

1. Shaxmat oʻyinidagi toʻra, tikka va yonlama yura oladigan sipoh.
2. Kimyoviy element, och yashil rangli metall.

Shohrux, Farrux, Gulrux ismlaridagi rux yuz, chehra maʼnosida.

Shohrux – shoh kabi yuzli, Farrux – baxtiyor yuzli, Gulrux – gul yuzli.

Shohruh – shohning ruhi, Farruh – baxtning ruhi, Gulruh – gulning ruhi boʻlib qoladi, mazmundan mantiq yoʻqoladi. Demak, bu shaklda yozish xato.

Shoxrux deb yozish ham xato. Shox-muguzning yuzi degan maʼnosiz iboraga aylanadi.

Ruxsora, Gulruxsor soʻzlarini ham x bilan yozish kerak. Ismlar tarkibidagi ruxsor yuz, chehra maʼnosini beradi.

Raxshona ismi ham baʼzida Ruhshona deb xato yoziladi. Raxshon forschada nurli, porloq, jiloli, jilvalanuvchi maʼnolarini bildiradi. Ruxshona Raxshona ismining fonetik oʻzgarishga uchragan shakli, uni xato demasak ham boʻladi. Ruxshona ismini tojikchada ham uchratish mumkin.

Ruhiddin ismi esa h bilan yozilishi kerak. Ism tarkibidagi ruh arabcha ruh, jon demakdir. Ruhiddin – dinning ruhi, joni, kuch-quvvati maʼnosida.

📌 Xullas,

Shohrux, Farrux, Gulrux ✅
Shohruh, Shoxrux, Farruh, Gulruh ❌

Ruxsora, Gulruxsor ✅
Ruhsora, Gulruhsor ❌

Raxshona ✅
Ruhshona ❌

Ruhiddin ✅
Ruxiddin ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 15
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →