TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #493 4.76K
⁠“Namordnik”ning oʻzbekchasi nima?

Itlarning tumshugʻiga taqiladigan himoya qalqonini ruslar “namordnik” deydi. “Morda” – “tumshuq” soʻzidan yasalgan. Xoʻsh, oʻzbekchada bu moslama qanday ataladi?

Baʼzi oʻrinlarda shu tushunchani ifodalash uchun tumshuqbogʻ soʻzi ishlatilganini koʻrgandim. “Oʻzbekcha-ruscha lugʻat” tumshuqlik deb izohlabdi. “Ruscha-oʻzbekcha lugʻat” esa tumshuqbogʻ, burundiq deb oʻgiribdi. Burundiq soʻzini Izohli lugʻatdan qidirib, shuni topdim:

Asov, tishlongʻich tuyaning yoki qopagʻon itning tumshugʻiga kiydirib qoʻyiladigan maxsus toʻr.

Asov nortuyaday urib burundiq,
Yovvoyi buqaday solgaymiz boshvoq.
Mirtemir, Asarlar.

Yaydoq dala kelganda, burundiqni boʻshatar.
A. Muxtor, Asarlar.

Izohli lugʻatda tumshuqlik yoki tumshuqbogʻ soʻzlari yoʻq ekan. Bu soʻzlar ruschadan kalkalanib, shu tushunchani aynan tarjima qilish istagida yasalganday taassurot uygʻotadi.

Burundiq esa turkiycha soʻz. Yuqoridagi misollarda bu soʻzni oʻzbek tilining ikki bilimdoni – Mirtemir va Asqad Muxtor ishlatganini koʻrishimiz mumkin. Soʻzning izohidan burundiq juda qadimiy lugʻat ekani ham anglashiladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →