TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #4770 11.9K
Stiv Jobs hayotidagi eng qudratli vosita nima edi?

“Mutolaa”da ruhlantiruvchi nutqlarni bera boshladik. Birinchisi – Stiv Jobsning 2005-yili Stenford universitetidagi bitiruv kechasida soʻzlagan nutqi boʻldi.

Nutqdan parcha:

Kuni kelib oʻlishimni yodda saqlashim – hayotda muhim qarorlarni qabul qilishimga yordam bergan eng qudratli vositadir. Chunki deyarli hamma narsa – atrofdagilarning sizdan kutayotgan umidlari, kibr-u gʻurur, sharmanda boʻlish yoki magʻlubiyatga uchrash qoʻrquvi kabi hislarning barchasi oʻlim qarshisida oʻz qiymatini yoʻqotadi va faqat chinakamiga muhim boʻlgan narsalargina qoladi. Kun kelib bu dunyoni tark etishingizni dildan his qilish – qandaydir yoʻqotishlarim bor degan xayoliy tuzoqqa tushib qolmaslikning men bilgan eng zoʻr yoʻlidir.


Tarjimon: Orif Tolib

Ovoz egasi: Abdulhay Otaxoʻjayev

Davomiyligi: 20:54

“Mutolaa”da oʻqish va tinglash:

👉 https://mutolaa.com/book/stenford-universiteti-bitiruv-marosimidagi-nutq

👇 Yuqoridagi iqtibos sizga ham taʼsir qildimi?

🔥 – Ajoyib fikr ekan!

🤔 – Oʻylab koʻrishga majbur qildi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 89
  • 🤔 36
  • ⚡ 5
  • ✍ 3
More from @oriftolib
  1. Oct 12, 2026Milliy oʻziga xoslik matnlarda qanday aks etadi? Shu mavzudagi darsimiz YouTubeʼga joyland…
  2. Oct 11, 2026Millioner yozuvchilar ko‘p bo'lsin! "Mutolaa" loyihasi bosh muharriri Sa’dullo Quronovning…
  3. Oct 9, 2026🎉 “Hilol-nashr”ning 15 yillik bayramiga marhamat! 🥳 Aziz kitobxonlar! Bu yil “Hilol-nash…
  4. Oct 8, 2026Tuxum uchun tosh bilan toʻqnashish foydasiz. — Tay xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  5. Oct 7, 2026Yashashning mohiyati oʻlimdan soʻng ham oʻlmay yashashdadir. — Muso Jalil @oriftolib | Sah…
  6. Oct 6, 2026😊 Kitobxonlarga iPhone 17 Pro Max’lar topshirildi! 🎁 “Mutolaa” marrasi, Omadli mutolaa v…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →