TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #4655 10.5K
Orif Tolib “Aysberg nazariyasi” amalda qanday ishlaydi? Farqni koʻring: 👇 ❌ Aytish (oʻquvchiga ishonchsizlik): Anvar juda quvnoq va hazilkash bola edi. Uning gaplaridan hamma kulardi. Muallif oʻquvchiga hukm oʻqiyapti: Anvar quvnoq, tamom! ✅ Koʻrsatish (aysberg…
“Aytib berma, koʻrsat” qoidasi qachon matningizni oʻldiradi?

Shu paytgacha “Aytib berma, koʻrsat” qoidasi haqida koʻp gapirdik. Ammo har doim hamma narsani koʻrsatish shartmi?

Qisqa javob: yoʻq.

Tasavvur qiling, qahramoningizning har bir daqiqasini, har bir qadamini tasvirlay boshladingiz. Natijada 5 betlik qiziqarli hikoya shishib, yostiqday kitobga aylanadi. Oʻquvchi esa bu “yostiq”dan mutolaa zavqi uchun emas, zerikib uxlash uchun foydalanadi.

Qachon “Koʻrsatish” xato boʻladi va oʻquvchini bezdiradi?

1️⃣ Vaqt sakrashlarida

Har bir kunni, soatni koʻrsatish shart emas. Buni hissiyotga oʻrab choʻzishga urinish – shunchaki oʻquvchining vaqtini oʻgʻirlashdir. Shu bitta gap kifoya:

✅ Oradan besh yil oʻtdi.

2️⃣ Maishiy va zerikarli oʻtishlarda

Qahramon ishdan uyga qanday kelgani, avtobusga chiqqani, eshikni ochgani kabi detallar (agar bu joyda syujetni oʻzgartiruvchi muhim voqea boʻlmasa) oʻquvchiga umuman qiziq emas.

✅ U uyga yetib kelgach, oʻzini darhol yotoqqa urdi.

3️⃣ Asar ritmini boshqarishda

Bu matn qurilishining formulasi:

Koʻrsatish – kadrni toʻxtatadi, voqeani sekinlashtiradi va oʻquvchiga hissiyot beradi.

Aytish – voqeani tezlashtiradi, vaqtni siqadi va shunchaki axborot beradi.

💡 Oltin qoida:

Eng muhim, hal qiluvchi va hissiyotli sahnalarni koʻrsating. Oradagi bogʻlovchi, zerikarli vaqt oraliqlarini esa shunchaki aytib bering.


Kinolarda bunga eʼtibor berganmisiz? Eng hayajonli va hal qiluvchi sahna barcha detallari bilan koʻz oʻngingizda yuz beradi (koʻrsatish), keyingi kadrda esa “6 oydan keyin” degan yozuv chiqadi (aytish). Yaxshi matnda ham aynan mana shu balans boʻlishi shart.

Hamma joyda “koʻrsatish”ga urinish – havaskorlik. Kerakli joyda oʻquvchi vaqtini tejab, vaziyatni “aytib oʻtib ketish” esa professionallikdir.

👇 Siz asarlarda choʻzilib ketgan tasvirlarni oʻtkazib yuborib oʻqiydiganlar toifasidanmisiz? Oʻzingizga mos reaksiyani bosing:

🔥 – Yoʻq, biror soʻzini qoldirmay oʻqiyman.

⚡️ – Ha, voqealar tezlashishini xohlayman.

✍️ – Men oʻzim yozuvchiman, oʻrganish uchun oʻqiyman.

P. S. Matn yozayotganda bu qoidalar esdan chiqmasligi uchun postni saqlab qoʻying.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • ⚡ 80
  • 🔥 56
  • ✍ 22
More from @oriftolib
  1. Oct 12, 2026Milliy oʻziga xoslik matnlarda qanday aks etadi? Shu mavzudagi darsimiz YouTubeʼga joyland…
  2. Oct 11, 2026Millioner yozuvchilar ko‘p bo'lsin! "Mutolaa" loyihasi bosh muharriri Sa’dullo Quronovning…
  3. Oct 9, 2026🎉 “Hilol-nashr”ning 15 yillik bayramiga marhamat! 🥳 Aziz kitobxonlar! Bu yil “Hilol-nash…
  4. Oct 8, 2026Tuxum uchun tosh bilan toʻqnashish foydasiz. — Tay xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  5. Oct 7, 2026Yashashning mohiyati oʻlimdan soʻng ham oʻlmay yashashdadir. — Muso Jalil @oriftolib | Sah…
  6. Oct 6, 2026😊 Kitobxonlarga iPhone 17 Pro Max’lar topshirildi! 🎁 “Mutolaa” marrasi, Omadli mutolaa v…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →