Suqsurday qiz: suqsur nima?
Suqsur soʻziga badiiy adabiyotda, soʻzlashuvda uchrab turamiz:
Koʻkqamish koʻlidan suqsur uchirdim,
Suqsurni izlagan lochin boʻlaman.
«Alpomish».
Suqsur – oʻrdaksimonlar oilasiga mansub, patlari uzun va ingichka qush. Bu qush chiroyli boʻlgani uchun oʻxshatish vositaga ham aylangan. Suqsurdek soʻzi shu qush kabi chiroyli, qaddi-qomati kelishgan degan maʼnoga ega: suqsurday qiz, suqsurdek goʻzal, suqsurday bola, suqsurdek yigit.
Suqsur soʻzi suxsur shaklida ham ishlatiladi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2681
7.23K

- 👍 70
- 😁 14
- 🔥 4
- 💯 4