Pudrat va pudratchi. Ommaviy axborot vositalarida va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda tez-tez koʻzga tashlanadigan bu ikki soʻz ruscha podryadit – baylashib yollamoq, baholashib ish bermoq feʼliga borib taqaladi. Oʻzbek tilida maʼlum bir ishni toʻligʻicha bajarib berish majburiyatini olganlik haqidagi shartnomani va shu asosda bajariladigan ishni anglatadi. Pudratchi esa pudrat asosida ishlaydigan kishi yoki tashkilotdir.
Qurilishdagi pudrat ishlari hajmi 13 foizga koʻpaydi.
Gazetadan.
Korxonamiz aksariyat qurilishlarda bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi.
Gazetadan.
#Oʻzbekchalashgan_oʻzlashmalar
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2104
3.86K

- 👍 8
- 😱 1