Mayoq ruscha mayak soʻzidan. Mayak soʻzi asliyatda mayat – silkinmoq, tebranmoq soʻzidan yasalgan. Soʻzma-soʻz olisda tebranib turuvchi degan maʼno beradi. Oʻzbekchada kemalarga yoʻl koʻrsatish uchun dengiz qirgʻogʻi yoki orollarga qurilgan, minora koʻrinishidagi qurilmani anglatadi. Koʻchma maʼnoda oʻrnak, mashʼal soʻzlari oʻrnida ham ishlatiladi:
Kema uchun mayoq, sayyoh uchun kompas, Yer uchun Quyosh aziz boʻlgani kabi...
Gazetadan.
#Oʻzbekchalashgan_oʻzlashmalar
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #2064
3.39K

- 👍 11
- 🔥 7