TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2006 9.42K
​“Stakan” – aslida oʻzbekcha soʻz

Ol-ye, obqochish ham evi bilan-da, devorishingiz mumkin. Lekin rostdan shunday. Faqat sal dunyo kezib kelgani uchun tanimay turibsiz, xolos. Bugun shu soʻz haqida toʻplagan maʼlumotlarimni siz bilan baham koʻrmoqchiman.

Soʻzlashuvda odamlar stakanni istakan deyishi bejiz emas. Chunki soʻz boshida ikki undoshning yonma-yon kelishi oʻzbek tiliga xos emas. Stakan rus tili taʼsirida shunday koʻrinish olgan, xolos. Eski oʻzbek tilida, yaʼni chigʻatoychada toʻstugʻon, tustigʻon, toʻstugʻan shaklida qoʻllangan bu soʻz ruschada tovush oʻzgarishlariga uchragan: dostokanʼ > stokan > stakan.
“Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati” toʻstugʻon va tustigʻon soʻzini qimiz quyib ichiladigan idish; yogʻoch kosa deb izohlagan:

Halol ona sutidekdur gar oʻzbekim tutsa,
Tobuq qilib yukunib tustigʻon ichinda qimiz.
Alisher Navoiy, Xazoyinul-maoniy.

“Devonu lugʻatit turk”da bu soʻz uchramaydi.

Toʻstagʻan soʻzi hozirgi qozoq, qirgʻiz, tatar, boshqird tillarida baʼzi talaffuz oʻzgarishlari bilan ishlatiladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 79
  • 🔥 16
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →