TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1982 6.31K
Yetti xazinaga nimalar kiradi?

Xalqimizda yetti xazina degan ibora bor. Bunda sigir, tovuq, asalari, ipak qurti, objuvoz-moyjuvoz, tegirmon va oʻrmon nazarda tutiladi.

Nega aynan ana shu narsalar yetti xazina tarkibiga kiritilgan. Yetti xazina tarixiy atama. U ajdodlarimizning turmush tarzi, kasb-kori bilan bevosita bogʻliq. Yetti xazina deyilganda yetti soha ifodalangan. Sigir – chorvachilik, tovuq – parrandachilik, asalari – asalarichilik, ipak qurti – ipakchilik, objuvoz – yogʻ-moy ishlab chiqarish, tegirmon – novvoychilik, oʻrmon – duradgorlik sohasini anglatgan. Mana shu sohalarni bir-biri bilan hamohang tarzda boshqara olgan dono, ishbilarmon kishilarnigina boy, bek sanalgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 24
  • 🔥 4
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →