Qizil kitobmi yoki “Qizil kitob”?
Punktuatsiya qoidalariga koʻra, turli asarlarning, shuningdek, kitob, gazeta, jurnallarning nomlari matnda qoʻllanganda qoʻshtirnoqqa olinadi. Masalan, “Oʻtkan kunlar” romani, “Sahihul Buxoriy” kitobi, “Maʼrifat” gazetasi, “Yoshlik” jurnali kabi. Lekin istisnoli holatlar ham bor. Jumladan, Qizil kitob. Uni izohli lugʻat shunday sharhlagan: yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati.
👉 Bu kitob-hujjat nomi turli joylarda turlicha berilgan. Xoʻsh, aslida qanday yozish toʻgʻri?
Bu davlat va xalqaro darajadagi muhim hujjat nomi boʻlgani uchun uning birinchi soʻzini bosh harf bilan yozish kerak. Odatda hujjatning rasmiy nomi mavzu sifatida toʻliq keltirilgandagina qoʻshtirnoq ishlatiladi. Qizil kitobda esa bunday holat yoʻq, uni qoʻshtirnoqsiz yozish zarur.
Qizil soʻzi biror kitobning rangini ifodalaganda soʻz kichik harflarda yoziladi: tokchadagi qizil kitob (kitobning muqovasi qizil rangda).
📌 Demak:
Xalqaro qizil kitob, Oʻzbekiston qizil kitobi, Qizil kitob, qizil (muqovali) kitob ✅
Xalqaro Qizil kitob, Xalqaro “Qizil kitob”, Oʻzbekiston Qizil kitobi, Oʻzbekiston “Qizil kitob”i, “Qizil kitob”, Qizil (muqovali) kitob ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1928
7.66K