TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1821 5.11K
Hapriqmoqmi yo hapqirmoq?

Shu soʻzni oʻzim ham xato yozib kelardim. Deylik, shoshdim, havliqdim, sabrsizlanib ketdim degan maʼnoda yuragim hapqirdi degan variantni qoʻllashim mumkin edi. Lekin bu xato ekan. Izohli lugʻatda shunday. Ha, lugʻatlarda ham xatolar uchrab turadi. Biroq bu oʻrinda soʻzning hapriqmoq varianti toʻgʻri. Nega?

Hapriqmoq soʻzi hovliqmoq degan maʼno beradi:

Yuragi hapriqib, oʻrnidan turib ketdi.
Oʻ. Umarbekov, Yulduzlar.

Hap taqlid soʻzi ogʻizning tez ochilib-yopilishini, shunda chiqadigan tovushni bildiradi. Hapillatmoq soʻzi shosha-pisha oshash, yamlamay yeb qoʻyish, yutib yuborish maʼnosiga ega. Hap-hap qilmoq soʻzi esa shosha-pisha oshash, yeb qoʻyishni anglatadi.

Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdi, hap oʻzagida shoshish, hovliqish maʼnosi bor. Hapriqmoq soʻzi xuddi bosiriqmoq, buriqmoq, boʻgʻriqmoq, zoʻriqmoq, miriqmoq kabi soʻzlarga oʻxshab ketadi. Menimcha, oʻzagi hap soʻziga borib taqaladi. Bu soʻz hozir qismlarga ajralmaydi, tub soʻz.

Hapqirmoq soʻzi katta ehtimol bilan hayqirmoq soʻziga qiyosan yuzaga kelgan. Lekin u variantdosh sifatida lugʻatlarga kirmagan va soʻzni bu shaklda qoʻllash xato.

📌 Demak:

Hapriqmoq, yuragi hapriqdi ✅
Hapqirmoq, yuragi hapqirdi ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😱 3
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →