“Xaos” nima degani?
#Soʻragan_edingiz
Savol:
Afgʻonistondagi tartibsizliklar, ayniqsa aeroportdagi toʻpolonlarni xaos soʻzi bilan ifodalashyapti. Ushbu soʻzning maʼnosi haqida maʼlumot bersangiz.
Javob:
Xaos soʻzi izohli lugʻatga kiritilmabdi. Lekin milliy ensiklopediyada sharhlangan:
Xaos yunoncha chaos – tartibsizlik soʻzidan. Yunon mifologiyasida azaliy cheksiz fazoni bildiradi. Koʻchma maʼnoda esa boshdan-oyoq tartibsizlik, chigallikni anglatadi.
Hozir asosan koʻchma maʼnosida qoʻllanadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1789
3.76K