TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1775 3.95K
“Unniqmoq” nima degani?

Shu soʻz koʻp xato yoziladi va yanglish maʼnoda qoʻllanadi. Hatto koʻzga koʻringan adiblarning asarlarida ham bunga guvoh boʻlish mumkin.

Unniqmoq soʻzi boʻgʻiq qora tusga kirishni anglatadi:

– Uni oʻylayverib, oriqlab, unniqib ketdim... – dedi Ahmadjon.
A. Muxtor, Davr mening taqdirimda.

Asqar polvon qorayib unniqqan edi.
Oybek, Quyosh qoraymas.

Solining figʻoni osmonga chiqdi. Bir-ikki soat ichida uning qora yuzi battar unniqib ketdi.
Yo. Shukurov, Uch savol.

Koʻpincha bu soʻz uniqmoq shaklida va rangi oqarmoq, rangi xiralashmoq maʼnosida ishlatiladi. Lekin bu – xato. Chunki uniqmoq soʻzi na izohli lugʻatga, na imlo lugʻatlariga kirgan. Bu – unniqmoq soʻzini yozish va qoʻllashdagi adashish, xolos.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →