TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1748 3.1K
Nol yoki nul?

Izohli lugʻatda faqat nol soʻzi berilgan. 2013-yili “Akademnashr” nashriyotida chiqqan imlo lugʻati esa nul soʻzini ham variantdosh sifatida kiritgan. Bu ruschaga taqliddan boshqa narsa emas. 1976-yili, sovet davrida chiqqan lugʻatda ham nul soʻzi yoʻq.

Oʻzbekchada 0 soni nul tarzida ifodalanmaydi. Nul oʻzagi qatnashgan nullifikatsiya soʻzi esa ilmiy adabiyotlarda qoʻllanadi, xolos. Hatto rus tilida ham nul soʻzi isteʼmoldan chiqib ketyapti ekan. Faqat turgʻun iboralar, shu oʻzakdan yasalgan ayrim soʻzlardagina ishlatilyapti xolos. Ruschada bor-ku deb oʻzbekchaga ham nul soʻzini olib kirish mutlaqo oʻrinsiz va ehtiyojsiz ish.

Nol soʻzi hech, hech qanday maʼnosidagi lotincha nullus soʻzidan. Oʻzbek tilida ikki xil mazmunda ishlatiladi:

1️⃣ Muayyan birlik yoki miqdorning yoʻqligini ifodalovchi “0” belgisining nomi.

2️⃣ Issiqlik va sovuqlik temperaturalari oʻrtasidagi shartli chegara.

Xullas, 0 sonini soʻz bilan ifodalaganda nol soʻzini ishlatish kerak.

Men kirilchada nol va boshqa soʻzlarda keladigan – yumshatish belgisi mutlaqo ortiqcha deb hisoblayman. Nasib qilsa, bu haqida alohida yozaman.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →