TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1736 3.04K
​“Amudaryo”ning maʼnosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Oʻrta Osiyodagi eng yirik daryo – Amudaryo qadimgi yunon tarixchisi Herodot (miloddan avvalgi V asr) asarlarida Araks deb, keyinroq (miloddan avvalgi I asr – milodning I asrida) oʻtgan yunon tarixchilari asarlarida Oks (yoki Oksos) deb atalgan. Olimlar ana shu Oks (baʼzan Akes) Amudaryoning qadimiy turkiy nomi – Oʻkuz, yaʼni “daryo” soʻzining oʻzginasi deb hisoblaydi.

Avesto va boshqa tarixiy manbaalarda Amudaryoning Arang, Raxa, Ranxa, Aranxa degan qadimiy nomlari ham uchraydi. Arablar uni Jayxun “joʻshqin (daryo)” deb atashgan. Jayxun Tavrotda tilga olingan Jixon daryosiga nisbat berib atalgan, degan fikr ham bor.

Рус олими В. В. Бартолд араблар Жайхун bilan Sayxun (Sirdaryo) nomlarini Shimoliy Suriyadagi Jayxon va Sayxon daryolari nomlari bilan atashgan boʻlsa kerak, deydi. Oʻrta asr tarixchisi Gardiziy: “Jayxun har qanday katta daryoni bildiradigan turdosh ot” degan edi...

Amudaryoning qadimiy eroniy nomi Vaxsh (Vaxshob) boʻlgan.

Daryoning yirik irmoqlaridan biri hozir ham Vaxsh deb ataladi.

Abu Rayhon Beruniy Vaxsh xorazmliklarda suv parisi – malak nomi, deb yozgan. Professor H. Hasanov maʼlumotlariga qaraganda, Pokistonda Amudaryoni hozir ham Vakshu-nada deb atashar ekan.

Amudaryoning hozirgi nomi Oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan Omul (Omuy, Omuyya) shahri (hozirgi Chorjoʻy) nomidan olingan deyishadi. Shahar daryodan nom olgan boʻlishi ham мумкин. Академик В. В. Бартолд “Bu soʻz ariylardan ham oldingi amard xalqi nomidan kelib chiqqan boʻlsa kerak” degan farazni oldinga suradi.

Mahmud Koshgʻariyda har qanday sokin, barqaror, turgʻun narsaning amul deyilishini aytib oʻtish mumkin.

Tarixiy manbalarda Amudaryoning Termiz daryosi, Kalif daryosi, Arang, Raxa, Aranga, Urganch daryosi, Xorazm daryosi kabi nomlari uchraydi.

Suyun Qorayevning “Toponimika” qoʻllanmasi asosida tayyorlandi.

📌 Demak:

Jayxun ✅
Jayhun ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →