TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1685 28.4K
“Juma” soʻzining maʼnosi

Etimologik lugʻatga koʻra, bu soʻz toʻplash, jamlash maʼnosidagi arabcha jumʼatun soʻzidan. Jumʼat soʻzi oʻzbek tiliga juma shaklida kirgan. Arab tilida hafta, haftaning oxirgi kuni maʼnosini bildiradi.

Juma soʻzi oʻzbek tilida toʻrt xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Haftaning, dushanbadan hisoblaganda, beshinchi kuni.
2️⃣ Bir qator musulmon mamlakatlarida haftaning oltinchi, dam olish kuni.
3️⃣ Shu kuni oʻqiladigan namoz.
4️⃣ Juma (erkaklar ismi).

Juma namozi, juma masjidi kabi birikmalar tarkibida kelganda ham shu kun bilan bogʻliq maʼnoni tashiydi.

Tojik tili taʼsirida baʼzi joylarda juma kuni maʼnosida odina soʻzi ham ishlatiladi. “Boburnoma”da ham odina soʻzi shu maʼnoda ishlatilgan oʻrinlar bor:

“Humoyunning bu fathining xabarini odina kuni tush vaqtida oyning oʻn sekkizida Bek Mirak moʻgʻul oʻshal yurtta-oʻq kelturdi”.

Lekin “Boburnoma”da ham namoz bilan bogʻliq oʻrinlarda juma soʻzi ishlatilgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →