Baykonurmi yo Boyqoʻngʻir?
Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatidagi Boyqoʻngʻir shahri va kosmodrom nomi oʻzbekcha matnlarda ham koʻpincha ruscha variantda Baykonur deb yoziladi. Aslida toʻgʻrisi – Boyqoʻngʻir. Uning nomi qozoqcha-turkiycha, demak, uni oʻzbekcha talaffuzda yozish kerak.
Vikipediya boyqoʻngʻir soʻzining maʼnosini boy vodiy deb izohlabdi.
Boyqoʻngʻir kosmodromi dunyodagi birinchi va eng katta kosmodrom sanaladi. 1957-yil 15-mayda foydalanishga topshirilgan. Umumiy maydoni 6717 kvadrat kilometr.
Maʼlumotlarga koʻra, Rossiya Boyqoʻngʻir majmuasini 2050-yilgacha ijaraga olgan va har yili ijara haqi toʻlaydi.
📌 Demak:
Boyqoʻngʻir ✅
Baykonur ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1665
3.36K

- 👍 1