TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1566 3.34K
“Pisanda qildi”: pisanda nima?

Pisanda soʻzini koʻpincha kinoya maʼnosida tushunamiz. Aslida-chi? Bu soʻzning asl maʼnosi nima?

Izohli lugʻatga koʻra, pisanda fors tilidan kirgan, asliyatda didga toʻgʻri kelgan, maqbul; maqtovga, maʼqullashga sazovor maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Oldindan qoʻyilgan talab, shart.

Ularning oʻzaro pisandalariga muvofiq, yangi yerlar, chiqariladigan suvlar Teshaboyga tekin oʻtadi.
M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.

2️⃣ Talab yoki shart tarzida aytiladigan bahona.

Pisanda qilmoq iborasi ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Oldindan biror talab yoki shart qoʻymoq.

Shu asnoda Davronga pasportni uzatarkan, pisanda qildi:
– Endi sizga gap shu, aka: bundan keyin ichgan paytingizda koʻcha-koʻyda sanqib yurmang.

N. Qilichev, Chigʻiriq.

2️⃣ Taʼkidlamoq; luqma tashlamoq.

– Kori xayr ishi davlatga qaramaydi, ogʻayni, – pisanda qildi mulla Berdiyor, – himmatga qaraydi, himmatga.
“Mushtum”.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →