TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1388 2.24K
​#Soʻragan_edingiz

Bir jumla tahriri

Guruhda “Oltinoy, goʻzal sheʼr yaratibsiz! Ijodiy bardavomlik tilab qolaman, qadrdonim!” degan jumla, undagi sheʼr yaratibsiz iborasining toʻgʻri-notoʻgʻriligi haqida soʻrashdi.

Umuman olganda, jumlalar xato emas. Lekin tahrir nuqtayi nazaridan nuqsonli.

Sheʼr yaratibsiz – oʻta kitobiy, balandparvoz. Jonli tildan yiroq. Uning oʻrniga sheʼr yozibsiz deyilsa, gap sodda, samimiy va ravon chiqadi.

Yaratmoq soʻzi insonga nisbatan ishlatilganda qurish, yasash, ijod qilish, bunyod etish, barpo qilish kabi maʼnolarni tashiydi. Bu oʻrinda yoʻqdan bor qilish maʼnosi yoʻq. Yaratganga xos boʻlgan yaratish insonga xos yaratishdan mutlaq farq qiladi.

Ijodiy bardavomlik iborasi ham kitobiyroq. Oxirgi jumla oʻrniga “Ijoddan toʻxtamang” deyilsa, qisqa va loʻnda boʻladi. Agar tilak maʼnosini alohida taʼkidlash zarur boʻlsa, “Ijodingizga muvaffaqiyatlar tilayman” deyish mumkin.

Tahrir koʻpincha individuallik kasb etadi, har kimning oʻz varianti boʻlishi mumkin. Mening variantim quyidagicha:

Oltinoy, ajoyib sheʼr yozibsiz! Ijoddan toʻxtamang.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, goʻzal soʻzi ajoyibga alishtirildi va qadrdonim soʻzi tushirib qoldirildi.

Ijod qilish balandroq tushuncha, boshlovchi qalamkashlarga nisbatan ishlatish uncha toʻgʻri emas degan mulohaza ham boʻlishi mumkin. Bu – asosli mulohaza. Unda jumlani bu shaklda tahrir qilish mumkin:

Oltinoy, sheʼr ajoyib chiqibdi! Yozishdan toʻxtamang.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →