TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1273 2.52K
Undalmasiz murojaatda vergul kerakmas

Rasmiy xatlarda bir xatoga koʻp koʻzim tushdi. Xato vergul ishlatish bilan bogʻliq. Odatda xatlarning soʻngida, asosiy muddao aytiladigan joyda rahbarga murojaat qilinadi. Bunda aksariyat holatlarda boshliqning ismi va otaismi keltirilmaydi va gap qurilishi “Sizdan ... ... soʻraymiz (iltimos qilamiz)” shaklida boʻladi. Masalan:

Sizdan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishingizni soʻraymiz.

Negadir koʻpchilik shu joyda Sizdan soʻzidan keyin vergul qoʻyadi. Sababini soʻrasangiz, shaxsga murojaat borligi uchun shunday qilinganini aytishadi. Biroq murojaat bevosita shaxsga qaratilmasa, yaʼni gapda undalma qatnashmasa vergul qoʻyilmaydi. Chiqish kelishigi qoʻshimchasi -dan ham vergul talab qilmaydi.

📌 Demak:

Sizdan ushbu masalani hal etish boʻyicha koʻrsatma berishingizni iltimos qilamiz. ✅

Sizdan, ushbu masalani hal etish boʻyicha koʻrsatma berishingizni iltimos qilamiz. ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →