Raxna
Forsachadan kirgan bu soʻz asliyatda teshik, yoriq; oʻpirilgan joy; shikast maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda qoʻllanadi:
1️⃣ Oʻyilgan, oʻpirilgan joy, teshik, yoriq.
2️⃣ Koʻchma maʼnoda: puturdan ketgan, boʻshashgan joy, nozik yer.
Raxna solmoq iborasi putur yetkazmoq, tagidan zil ketkazmoq maʼnolariga ega.
Yurakka raxna solmoq iborasi esa yurakni yaralamoq, yurakni dogʻ qilmoq maʼnolarini bildiradi.
📌 Demak,
Raxna, raxnalar, raxna soldi ✅
Rahna, rahnalar, rahna soldi ❌
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1188
2.7K
