Xonim kim? Begim kim?
Xotinlarni falonchi xonim yoki begim deb atash bor. Bu soʻzlardagi -im qoʻshimchasini egalik qoʻshimchasi deb tushunish bor. U holda nima uchun egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda xon bilan bek ayol kishiga aylanadi, degan savol tugʻilishi tabiiy.
Vaholanki, xonim va begim soʻzlaridagi -im qoʻshimchasi egalik qoʻshimchasi emas. Qadim turkiy tillarda ona maʼnosidagi uma soʻzi boʻlgan. begim va xonim soʻzlari tarkibidagi -im ana shu uma soʻzining ixchamlashganidir.
Demak, aslida xonim “mening xonim” emas, xon-ona va begim “mening begim” emas, beg-ona degan maʼnoda ekan.
Alibek Rustamov
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1102
1.67K