Tabaq, taboq va tovoq
Tabaq soʻzi hozirgi tilimizda ishlatilmaydi hisob, taboq yoki tovoq shaklidan foydalanamiz. Bu soʻzlarning hammasi arabcha tabaq soʻzining turli talaffuz koʻrinishlaridir. Lekin oʻzbekchada farqli maʼno qirralariga ega.
Tabaq arabchada qopqoq; likop, lagancha maʼnolarini anglatadi. Oʻzbekchada esa:
1️⃣ Oldin kitobiy tilda tovoq maʼnosida ishlatilgan.
2️⃣ Chop qilingan bosma matnni oʻlchash birligi, bosma tabaq. Lekin hozirgi tilda asosan taboq shaklida qoʻllanyapti.
Taboq soʻzining maʼnosi tabaq bilan bir xil boʻlsa-da, amalda undan bosmaga oid soʻzlardagina foydalanilyapti.
Osh suziladigan idish maʼnosida tovoq shakli qoʻllanadi. Tovoq soʻzi shevada toboq shaklida ham ishlatiladi.
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1066
2.08K
