TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1057 51.3K
#Soʻragan_edingiz

Xoʻja va xoja

Bu ikki soʻz forscha xoja soʻzidan. Asliyatda obroʻ-eʼtiborli kishi; xoʻjayin; savdogar; murabbiy kabi maʼnolarni anglatadi.

Tilimizda xoʻja va xoja maʼnodosh holatda ham, farqli maʼnolarda ham qoʻllanadi.

Xoja soʻzi ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Kitobiy uslubda xoʻja, xoʻjayin maʼnosida qoʻllangan. Lekin hozir bu maʼnoda ishlatish eskirgan.

2️⃣ Tasavvufda tariqat mashoyixlariga beriladigan unvonlardan biri. Masalan: Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy.

Xoʻja soʻzi esa:

1️⃣ Biror kimsaning yoki narsaning egasi; xoʻjayin. Bu maʼnoda qoʻllash hozir eskirgan.

2️⃣ Oʻzlarini choryorlarning avlodlari deb hisoblovchi musulmonlarning faxriy nomi.

3️⃣ Oʻrta Osiyoda ilgari maʼlum imtiyozga ega boʻlgan oqsuyaklar va ularning avlodlari.

4️⃣ Xoʻjazoda erkaklar ismiga qoʻshiladi.

Xoʻjayin soʻzining etimologiyasi ham qiziq. Izohli lugʻatga koʻra, xoja soʻzi forschadan rus tiliga xozya shaklida oʻtgach, biror jamoaga mansublikni bildiruvchi -in qoʻshimchasini qabul qilgan. Xozyain soʻzi esa oʻzbekchaga xoʻjayin boʻlib oʻtgan.

Biroq rus olimlari boshqa fikrda. Masalan, mashhur Fasmer lugʻatiga koʻra, xoʻjayin soʻzidagi xoja rus tiliga turkiy tillardan oʻtgan. Qadimgi rus tilida xoʻjayin maʼnosidagi xodja soʻzi ham ishlatilgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →