Chetdan soʻz olish tilni boyitadimi, kambagʻallashtiradimi?
Axir til oʻz imkoniyati bilangina boyimaydi, chet tillardan ham soʻz kirishi kerak, degan mulohaza ham bor. Toʻgʻri, shunday. Lekin bitta narsani farqlab olish kerak. Agar biror-bir tushunchani bildiruvchi soʻz tilda yoʻq boʻlsa va uning oʻrnini chet soʻz toʻldirsa, bu boyishdir. Hatto tilda bor soʻz bilan yonma-yon, maʼnodosh boʻlib qoʻllanishini ham ijobiy qabul qilish mumkin. Ammo xorijiy soʻz oʻzi tilda boʻlgan, ishlatilgan yoki ishlatilayotgan biror soʻzni siqib chiqarsa, bu boyish emas, kambagʻallashishdir.
Bu qoida faqat ruscha soʻzlarga emas, arab, fors tilidan kirgan soʻzlarga ham tegishlidir. Oʻzbekcha totuv, inoq kabi soʻzlar oʻrnini arabcha ahil egallab olsa; oldin, ilgari, burun kabi soʻzlarimizni qoʻyib, har joyda aslan arabcha avvalni ishlatsak, oʻzbekcha boshliq oʻrniga forscha rahbar ommalashib ketsa, bu tilning zaiflashishidir. Aslida, ahil, avval va rahbar oʻzbekchalashib boʻlgan, ularning begonaligi sezilmaydi hisob. Biroq shunda ham ular asosiy soʻzga aylanmasligi, oʻzbekcha maʼnodoshlaridan biroz quyida turishi kerak. Tilning kuchi shunda koʻrinadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1030
1.95K
- 👍 2