Aholi bilan bevosita muloqotni ta’minlash, hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning ovoragarchiligini oldini olish hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari A.Usmanov boshchiligida Namangan viloyatida sud masalalariga doir sayyor qabul o‘tkazildi.
Davlatobod tumanidagi Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabullar davomida 40 nafar fuqaro qabul qilindi.
Qabul qilingan fuqarolar murojaatlarining 16 tasi jinoyat, 15 tasi fuqarolik, 8 tasi iqtisodiy hamda 1 tasi ma’muriy sudlovga oid masalalarni tashkil etdi.
Qabul davomida 21 ta Oliy sudga, 5 ta viloyat sudiga tegishli ariza va shikoyatlar qabul qilinib, 14 ta og‘zaki murojaatga huquqiy tushuntirish berildi.
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52784
1.44K