Nurafshon tumanlararo iqtisodiy sudida bankrotlik ishlarini yuritish bilan bog'liq muammolar tahliliga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda Nurafshon tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari, Sud boshqaruvchilari palatasi hamda To'lovga qobiliyatsizlik ishlari bo'yicha agentligining Toshkent viloyati hududiy bo'limi, shuningdek sud boshqaruvchilari ishtirok etdi.
Davra suhbatida sud boshqaruvchilari faoliyati samaradorligini oshirish, to'lovga qobiliyatsizlik holatidagi korxonalarga nisbatan sog'lomlashtirish taomillarini qo'llash orqali ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bankrot deb topilgan korxonalarda tugatishga doir ish yuritishning ahvoli, qonunda belgilangan muddatlarga rioya etilishi, uzoq muddatdan beri tugatish jarayoni davom etayotgan bankrot korxonalarda tugatishga doir ish yuritishni tamomlashga to'sqinlik qilib kelayotgan omillar hamda mavzuga daxldor boshqa masalalar muhokama etildi.
Sud boshqaruvchilarining faoliyati ham tanqidiy ko'rib chiqildi.
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52772
2.21K