TGViewer
Oliy sud | Rasmiy kanal Oliy sud | Rasmiy kanal @oliysuduz · 18.2K subscribers
Post #52728 2.69K
Toshkent viloyati sudi sudyalari tadbirkorlarning muammolarini joyning o‘zida hal etishda jonbozlik ko‘rsatmoqda!

⚖️Toshkent viloyati sudlari tashabbusi bilan Ohangaron shahrida biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishidagi to‘siq va muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yordam berish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

💬Ochiq muloqotga Ohangaron tuman, shahar, shuningdek, Olmaliq, Angren va shaharlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari taklif etildi.

⚡️Keng qamrovli uchrashuvda Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari, Toshkent viloyat sudi va ma’muriy sudi sudyalari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman (shahar) va Olmaliq, Angren shahar sudlari raislari, Ohangaron shahar prokurori, Ohangaron tuman hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqotda tadbirkorlar uchun eng muhim bo‘lgan quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

✅Oldi-sotdi shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishda iqtisodiy sudlarda sud ishlarini proaktiv boshqarish hamda odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish;  

✅Tadbirkorlik subektlari o‘rtasidagi nizolarni sudga qadar hal etish usullari mediatsiya, kelishuv bitimi va boshqa konsensual mexanizmlardan samarali foydalanish;

✅Tadbirkor huquqlarini ma’muriy sud orqali himoya qilish: yangi imkoniyatlar va amaliy tartib-taomillar;

‼️Eng e’tiborlisi tadbirning har qanday rasmiyatchilikdan xoli o‘tganidir.

🗣Ochiq oshkor muloqotda tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan  muammolarni ro‘y rost bayon qilishdi.

Mas’ullar esa o‘z navbatida ushbu murojaat va takliflar asosida sodda va tushunarli tilda tadbirkorlarga huquqiy tavsiyalar berishdi va muammolar joyning o‘zida hal etildi.
More from @oliysuduz
  1. Oct 16, 2026Ayni paytda Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining server qurilmalarida takomi…
  2. Oct 16, 2026Aholi bilan bevosita muloqotni ta’minlash, hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning ovo…
  3. Oct 16, 2026Post #52783
  4. Oct 16, 2026Bugun Oliy sud raisi Robaxon Maxmudova fuqarolik sudlovga oid murojaatlarni qabul qildi Ve…
  5. Oct 16, 2026Toshkent viloyati sudlari tashabbusi bilan Ohangaron shahrida biznes vakillarini qo‘llab-q…
  6. Oct 16, 2026Jinoyat ishlari bo'yicha Karmana tuman sudi tomonidan O'zbekiston Respublikasining 2026 yi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →